Ericsson tadqiqotlari: 5G-xizmatlar xarajatlarining 50% dan ortig`i o`yinlar, xaridlar va ta`limga sarflanadi

19/11/2020

Ericssonning ConsumerLab tadqiqot guruhi tomonidan nashr etilgan "Harnessing the 5G Consumer Potential" ma`lumotlariga ko`ra, 5G iste`mol xizmatlari bozori 2030 yilga kelib 31 trillion dollarga yetishi mumkin. 5G xizmatlari operatorlarga 3,7 trillion dollar daromad keltirishi mumkin va agar tegishli xizmatlar paydo bo`lsa, daromad ko`proq bo`lishi mumkin. 2030 yilga kelib operatorlar faqatgina raqamli xizmatlardan 131 milliard dollar ishlab topishi mumkin. Ushbu miqdorning 40% abonentlarning video, kengaytirilgan va virtual reallik (AR va VR) texnologiyalari va o`yinlardan foydalangan holda 5G xizmatlari uchun sarf-xarajatlari. Tadqiqot doirasida ekspertlar COVID-19 pandemiyasining 5G bozoriga ta`sirini baholashdi. 2019 yil boshida o`rtacha foydalanuvchi 5G xizmatlari uchun sarf-xarajatlarni 20 foizga oshirishga tayyor edi, ammo bu ko`rsatkich yil davomida 10 foizga kamaydi. 

"Harnessing the 5G Consumer Potential" tadqiqotini bu erdan yuklab olish mumkin.


Manba: https://hi-tech.ua/issledovani...

Комментарии

Сообщения не найдены